A.
Galaxy Watch9 kattaroq batareya, yangilangan protsessor va ilg‘or salomatlik monitoringi kabi muhim yaxshilanishlarni taqdim etib, sog‘lig‘ingizni kuzatishga yo‘naltirilgan yanada kuchli aqlli soatga aylandi.
• Dizayn: Galaxy Watch9 yanada ingichka korpusga va nafis dizaynga ega bo'lib, qulay taqiladi.
• Batareya: Galaxy Watch8 40 mm modeli bilan taqqoslaganda, Galaxy Watch9 40 mm modeli 20% kattaroq batareyaga ega.
• Protsessor: Galaxy Watch9 Snapdragon® Wear Elite platformasi bilan jihozlangan ilk Galaxy Watch bo‘lib, yanada tez va bir maromda ishlaydi.
• Salomatlik monitoringi: Galaxy Watch9 Energiya indeksi, Jismoniy tayyorgarlik indeksi, Yurak salomatligi, Yugurish murabbiysi va boshqa ilg‘or imkoniyatlarni taqdim etadi.
* Odatdagi sig‘im: 40 mm model uchun 390 mA·soat (Galaxy Watch8 40 mm modeliga nisbatan 20% ko‘proq), 44 mm model uchun 445 mA·soat (Galaxy Watch8 44 mm modeliga nisbatan 10 mA·soat ko‘proq).
* Snapdragon® brendi ostidagi mahsulotlar Qualcomm Technologies, Inc. va/yoki uning sho‘ba korxonalariga tegishli. Snapdragon® Qualcomm Incorporated kompaniyasining savdo belgisi yoki ro‘yxatdan o‘tgan savdo belgisidir.